«yer munosabatlari» tegli maqolalar


Asaka va Farg‘ona tumanlari hokimlari lavozimidan ozod qilindi
27 sentabr 2022, 21:38

Asaka va Farg‘ona tumanlari hokimlari lavozimidan ozod qilindi

Asaka va Farg‘ona tumanlari hokimlari yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani uchun lavozimidan ozod qilindi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.

Tadbirkor mulkini buzish, unga zarar yetkazish bizning maqsadimiz emas — Toshkent shahar hokimi
7 fevral 2022, 20:58

Tadbirkor mulkini buzish, unga zarar yetkazish bizning maqsadimiz emas — Toshkent shahar hokimi

Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarni poytaxtdan faqat qonuniy yo‘l bilan, onlayn-auksion orqali yer sotib olishga chaqirib, yer olishga yordam beramiz deganlarga ishonmaslikni so‘radi. «O‘z mablag‘ingizni ehtiyot qiling, yerning qonuniy egasi bo‘ling», — dedi hokim. U aholi yashash massivlarida ruxsatsiz inshootlar qurish «aholi tinchligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda», deya qo‘shimcha qildi.

Yerga oid prezident farmonidan eng muhim o‘zgarishlar
10 iyun 2021, 16:14 1

Yerga oid prezident farmonidan eng muhim o‘zgarishlar

Shavkat Mirziyoyev yerga bo‘lgan huquqni bozor aktiviga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hokimiyatlar yerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, zaxiralash, obodonlashtirishga ajratish va boshqa vakolatlaridan mahrum etiladi. Yerga bo‘lgan huquqlarning turlari 6 dan 3 gacha qisqartiriladi. Yer uchastkalari xususiy sektorga mulk huquqi va ijara huquqi asosida, davlat tashkilotlariga esa doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi. «Gazeta.uz» ushbu farmon bo‘yicha barcha muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.

2 yilda 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj qilingan yoki maqsadsiz berib yuborilgan
9 iyun 2021, 13:07

2 yilda 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj qilingan yoki maqsadsiz berib yuborilgan

2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj bo‘lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgani ma’lum qilindi. Yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Agar aql bilan ish tutsak, O‘zbekistonni O‘zbekiston yeri bilan boqsa bo‘ladi» — prezident
4 iyun 2021, 12:58

«Agar aql bilan ish tutsak, O‘zbekistonni O‘zbekiston yeri bilan boqsa bo‘ladi» — prezident

Yer munosabatlari sohasida bir qator tub o‘zgartirishlar kutilmoqda. Xususan, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik va boshqa huquqlar bilan yer ajratish amaliyotlarini tugatish, yerga bo‘lgan huquq turlarini qisqartirish, tuman hokimlarining yer ajratish va qaytarib olish haqida qaror qabul qilish vakolati to‘liq bekor qilinishi va boshqalar — prezident yer munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting